Sport | 17:57 / 21.02.2016
3317
1 daqiqa o‘qiladi

Futzal. Osiyo chempionatining uchinchi o‘rni uchun bahsda Tailand Vetnamni 8:0 hisobida yengdi

Futzal bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati doirasida uchinchi o‘rin uchun Tailand va Vetnam terma jamoalari o‘zaro kurash olib bordi va tailandliklar yirik hisobda g‘alaba qozondi. Tailand terma jamoasi Toshkentdan o‘z uyiga bronza medallari bilan qaytadigan bo‘ldi.

Hermans shogirdlari bugun bo‘lib o‘tgan bahsda Vetnam darvozasiga javobsiz 8ta to‘p yo‘llashdi. Tailandliklar to‘purari Sufavut Tuyenklang ushbu o‘yinda 4ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Suvafutning musobaqadagi gollari soni 14taga yetdi va hozircha to‘prurlar bahsida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Eronlik Hussayn Toyibiy hisobida 11ta gol bor.

O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 19:00da boshlanadi.