Jahon | 21:00 / 21.02.2016
5880
1 daqiqa o‘qiladi

Sharja shahrida 19 ta mashina yonib ketdi

Sharja shahridagi universitetda yakshanba kuni tongda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida 19 ta avtomobil yonib ketdi. Hokimiyat alangadan hech kimga jarohat yetmaganini tasdiqladi. 

Hokimiyat o‘zining Twitter sahifasidagi bayonotida “Sharja fuqorolik mudofasi shahar universitetida sodir bo‘lgan yong‘inni tezda o‘z nazoratiga oldi va ayni damda o‘chirish ishlari amalga oshmoqda” – deya xabar berdi.

Shuningdek, ular 19 ta transport vositalari yonib ketganini qayd etishdi. Mashinalarda haydovchi va yo‘lovchilar bo‘lmagan.