Fan-texnika | 23:44 / 22.02.2016
3692
1 daqiqa o‘qiladi

Kompyuter dasturi 3 yil ichida 3 mln dollarlik sud ishlarini yutishda yordam berdi

Stenford universitetining 19 yoshli britaniyalik talabasi Joshua Brouder 2015 yilda foydalanuvchilarga parkovka uchun nohaq solingan jarimalar bo‘yicha shikoyat qilishga yordam beruvchi DoNotPay (Pul to‘lama) xizmatini ishga tushirdi. Keyinroq u odamlarga standart so‘rovnoma asosida huquqqa oid turli qiyinchiliklarni tushunishga yordam beruvchi va da'vo arizasi matnlarini tuzuvchi kompyuter dasturini yaratdi.

Agar dastur foydalanuvchi nimani istashini bilmasa, unda Brouder bilan bog‘lanishni taklif qiladi.

Xizmatning bir necha oy ishlashi davomida undan 80 ming marta foydalanilgan va u umumiy qiymati 3 mln dollarga yaqin sud ishlarini yutishda yordam berdi. Brouderning aytishicha, u o‘z dasturining bunchalik ommalashib ketishini kutmagandi va dastur faqatgina do‘stlariga yordam berishiga umid qilgandi.