Jamiyat | 16:33 / 24.02.2016
4180
1 daqiqa o‘qiladi
Krasnodarda haydovchi ayol mast holatda 17 mashinani turtib o‘tdi
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida mast holatda bo‘lgan haydovchi ayol 17ta mashinani urib chiqdi. Bu haqda «Yugopolis» nashri xabar bergan.
Voqea 23 fevral kuni Promishlenniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Chevrolet rusumli avtomobil rulida bo‘lgan bu yosh ayol qatorasiga ko‘p qavatli uy atrofida turgan 17ta yengil mashinani turtib o‘tgan.
Ma'lum qilinishicha, u mast holatda o‘z mashinasini qo‘yish uchun joy axtargan.
Urilgan mashinalarning zararlanish darajasi yuqori emasligi qayd etilgan. Voqea bo‘yicha ma'muriy ish ochilgan.