Jahon | 09:06 / 24.02.2016
3777
1 daqiqa o‘qiladi

Obama, Kemeron, Olland va Merkel Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdi

AQSh prezidenti Barak Obama, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, Fransiya prezidenti Fransua Olland va Germaniya kansleri Angela Merkel Suriyadagi vaziyatni telefon orqali muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Yelisey saroyi bayonotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, 4 ta davlat yetakchisi Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv yaqin muddatlarda kuchga kirishiga umid bildirishdi.

"Tomonlar 11 fevralda Suriyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro guruh o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajaralishi, jumladan Rossiya va Suriya armiyasi tomonidan o‘rtamiyona muxolifat va tinch aholiga zarbalar berish to‘xtatilishini sinchkovlik bilan kuzatishga kelishib oldilar", deyilmoqda xabarda.

Avvalroq Xmeymim aviabazasida yarashuv bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi markaz ishga tushgani ma'lum qilingandi.