Sport | 17:24 / 26.02.2016
5077
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ligasining 1/8 finalida «Liverpul» «MYu» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi

Bugun, 26 fevral kuni UYeFA qarorgohida Yevropa Ligasiining 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Unga ko‘ra Angliyaning ikki jamoasi «Liverpul» va «MYu» bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Qolgan juftliklar quyidagicha ko‘rinish oldi.

«Shaxter» Ukraina - «Anderlext» Belgiya
«Bazel» Shveytsariya - «Sevilya» Ispaniya
«Vilyarreal» Ispaniya - «Bayyer» Germaniya
«Atletik» Ispaniya - «Valensiya» Ispaniya
«Manchester Yunayted» Angliya - «Liverpul» Angliya -
«Sparta» Chexiya -«Latsio» Italiya
«Borussiya» Dortmund Germaniya - «Tottenhem» Angliya
«Fenerbahche» Turkiya - «Braga» Portugaliya

Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasining 1/8 final uchrashuvlarining dastlabkisi 10 mart, javob uchrashuvlari 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi.