Jamiyat | 20:58 / 29.02.2016
10814
3 daqiqa o‘qiladi

Huquq himoyachilari o‘zbekistonlik qotil-enaganing jinoyatini mehnat muhojirlarining og‘ir qismati bilan bog‘lashdi

Rossiyada faoliyat yurituvchi "Migratsiya va qonun" (Migratsiya i zakon) huquqni himoya qilish markazi rahbari Gavhar Jo‘rayevaning qayd qilishicha, Rossiyada mehnat muxojirlari og‘ir moliyaviy va, buning natijasida, ruhiy holatda qolmoqdalar. Jo‘rayeva "Russkaya slujba novostey" nashriga Moskvada enaga bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik ayolning o‘zi qaraydigan 4 yoshli qizchani o‘ldirishga nima undagani sabablari haqidagi savolga shunday javob berdi.

"Moskvada minglab muhojirlar ularning qonuniy yoki noqonuniy muhojirliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan adolatsizlikka duch keladilar. Bugun ertalab men bizning idoramizda qo‘lida ishlash uchun patenti, ish beruvchi bilan shartnomasi bo‘lgan, biroq migratsiya hisobida qayd qilinmagan joyda yashagani uchun chiqarilib yuborilayotgan erkakning achchiqdan o‘zini qo‘lda tuta olmayotganining guvohi bo‘ldim", deb aytdi Jo‘rayeva.

Jo‘rayevaning fikricha, moliyaqviy inqiroz tufayli ruhiy holat sekin-asta yomonlashmoqda va bu istalgan millatdagi istalgan odamga taalluqlidir.

29 fevralda Moskvada "Oktyabrskoye Pole" metro stansiyasi yonida qo‘lida bolaning boshi bo‘lgan ayol qo‘lga olingan. Guvohlarning aytishicha, ayol "Allohu akbar!" deb baqirib, o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan.

Bu jinoyatni amalga oshirgan ayol 1977 yilda tug‘ilgan, o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulova Moskvada bir oilaning uyida enaga bo‘lib ishlagan. Taxminlarcha, u uy egalari o‘zlarining katta farzandlari bilan kvartiradan ketishlarini poylab, uyda qolgan ularning qizchasini o‘ldirgan, so‘ngra kvartiraga o‘t qo‘yib, chiqib ketgan. Yong‘in o‘chirilgandan keyin qizcha tanasi aniqlangan. Uning ota-onasining aytishicha, Boboqulova ularning uyida bir yilcha ishlagan. Ayol yaxshi mutaxassis bo‘lib tuyulgan. Qizchaning ota-onasining aytishicha, ayol oxirgi vaqtlar eri bilan munosabatlari yomonlashganidan shikoyat qilgan.

Ayol so‘roq qilinganda, uni bu qotillikni amalga oshirishga erining xiyonati majbur qilganini aytgan. Biroq shu bilan birga, ayol bu holat u enaga bo‘lib ishlagan oilaga qanday aloqasi borligini tushuntirib bera olmagan. Boboqulovaning tan olishicha, u o‘z jinoyatiga ko‘proq e'tiborni jalb qilmoqchi bo‘lgan va yashirinishni mo‘ljallamagan.

Moskvada 4 yoshli go‘dakni o‘ldirgan enaga noqonuniy muhojir ekani qayd etildi