Jahon | 14:32 / 29.02.2016
3815
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistonida 20 mamlakat harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
20 mamlakat harbiylari Saudiya Arabistoni shimolidagi keng ko‘lamli harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarda BAA, Iordaniya, Bahrayn, Senegal, Sudan, Kuvayt, Maldiv orollari, Misr, Malayziya, Qatar, Ummon, Jibuti, Komor orollari, Tunis, Chad, Pokiston, Marokash va Mavritaniya vakillari qatnashmoqda.
Quruqlikdagi, dengizdagi va havodagi harbiy qismlar ishtirok etayotgan bu mashg‘ulotlarga "Shimol yashini" nomi berilgan.
Rasmiy Ar-Riyodning ma'lum qilishicha, bu mashg‘ulotlardan maqsad ishtirokchi davlatlarning "terroristik xurujlar"ga tayyor turishini ta'minlash hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni ayni vaqtda Yamanda isyonchi husiylarga qarshi va Yaqin Sharq hududida IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyalarda ishtirok etmoqda.