Jahon | 01:01 / 04.03.2016
6702
1 daqiqa o‘qiladi

Saudi Arabian Airlines’ning ikkkinchi uchuvchisi ekipaj sardori parvoz paytida vafot etgandan keyin samolyotni bir o‘zi qo‘ndirdi

Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasining ikkinchi uchuvchisi Ar-Riyod aeroportiga bortida 220 yo‘lovchi bo‘lgan samolyotni ekipaj sardori parvoz vaqtida vafot etgandan keyin bir o‘zi qo‘ndirdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Bish shahridan Ar-Riyodga uchayotgan samolyot sardori samolyotni qo‘ndirayotgan vaqtda yurak xurujidan vafot etgan. Ikkinchi uchuvchi boshqaruvni o‘ziga olib, samolyotni eson-omon qo‘ndirgan.

Uchuvchi darhol tez yordam brigadasini chaqirtirgan. Biroq shifokorlar yetib kelguncha sardor vafot etib bo‘lgan. Taxminlarcha, uning o‘limi bir onda yuz bergan.