Iqtisodiyot | 23:40 / 05.03.2016
4446
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbektelekom" 2021 yilgacha Wi-Fi tarmog‘ini kengaytirish uchun 105 mln dollar sarflaydi

O‘zbekistonning milliy aloqa operatori "O‘zbektelekom" AK 2021 yilgacha Wi-Fi texnologiyasi negizida internetga simsiz abonent kirishni kengaytirish uchun 105 mln dollarga yaqin mablag‘ sarflaydi, deb xabar berdi kompaniya vakili RIA “Novosti” axborot agentligiga.

Loyihada O‘zbekiston bo‘ylab 300 ta tarixiy va madaniy meros obektida hamda jamoat va sayyohlik faol bo‘lgan joylarda umumiy quvvati 1 mln portni tashkil qiluvchi Wi-Fi tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan. Loyiha o‘zbekistonlik va xorijiy kreditorlar tomonidan moliyalashtiriladi.

"O‘zbektelekom" 2015 yil mayida O‘zbekistondagi 27 ta sayyohlik obektida Wi-Fi texnologiyasini ishga tushirdi. Loyiha O‘zbekistonning 4 viloyati – Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarini qamrab oldi. Milliy operator ma'lumotlariga ko‘ra, Wi-Fi tarmog‘idagi internetga kirish tezligi 4 Mbit/soniyagachani tashkil qiladi.