Fan-texnika | 22:46 / 06.03.2016
15608
2 daqiqa o‘qiladi

Galaxy S7 va iPhone 6s suvga chidamliligi sinab ko‘rildi

Yangi flagman smartfonlarining paydo bo‘lishi bilan har doim ular ustida har xil qattiq sinovlar o‘tkaziladi. Ularni esa kompaniya xodimlarining o‘zi emas, balki mustaqil ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu safar blogerlar fevral oyida taqdim etilgan Galaxy S7 smartfonining IP-68 suvga chidamlilik standartini tekshirib ko‘rdilar. Solishtirib ko‘rish uchun, uning hamrohlikka iPhone 6s smartfonini misol qilib olishdi. Apple kompaniyasi rasmiy tarzda iPhone 6s smartfonila suvga chidamlilik standarti borligini e'lon qilmagan bo‘lsada, qurilmaning asosiy portlari silikon qo‘yilmalari bilan himoyalangan.

Galaxy S7 va iPhone 6slarni suv to‘ldirilgan idishga solib, yana chiqarib olib qurilmalarning ishlab ko‘rish qobiliyatlari tekshirildi. Shu sinov 15 minut davom etganidan so‘ng, “olmali smartfon” sinovga chiday olmay blogerlar smartfondan suvni chiqarib olishga majbur bo‘lishdi.

Apple iPhone 6s uchun bundan ham xavfliroq sinov qaynagan suvga solib ko‘rish bo‘ldi. 20 soniya o‘tib smartfon qiziganidan o‘chib qoldi. Galaxy S7 esa bir daqiqagacha qaynab turib o‘chib qoldi.

Lekin Janubiy Koreyalik smartfon quritilgandan keyin yoqilib ishni davom ettirdi, iPhone 6s esa hayot alomatlirini berishdan bosh tortdi.