Iqtisodiyot | 21:54 / 07.03.2016
6633
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning valyuta zaxiralari 5 yillik minimum qiymatga erishdi

Xitoyning valyuta zaxirasi jamg‘armasi 28,57 mlrd dollarga qisqarib, 3,2 trln dollarni tashkil qildi. Bu natija 2011 yil dekabridan beri qayd qilingan eng past ko‘rsatkichdir, deb xabar bermoqda Xitoy Markaziy banki ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi.

Yanvarda Xitoyning valyuta zaxiralari 99,5 mlrd dollarga kamaygandi. Ta'kidlanishicha, zaxiralarning kamayishi 4 oydan beri davom etmoqda, chunki Markaziy bank yuanga bosimni kamaytirish va kapitalning chiqib ketishining oldini olish uchun dollardan qutulmoqda.