Fan-texnika | 17:32 / 14.03.2016
1836
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik o‘smir dronlar poygasida g‘olib chiqib, 250 ming dollar yutib oldi

Dubay shahrida britaniyalik 15 yoshli o‘smir Lyuk Banister va uning jamoasi Tornado X-Blades Banni-UK butun dunyodan kelgan vakillar ishtirokidagi dronlar musobaqasida g‘olib chiqdi va 250 ming dollardan iborat mukofotga ega chiqdi. 

The Verge nashrida yozilishicha, World Drone Prix nomli bu musobaqada Lyukning droni boshqa 150dan ortiq ishtirokchilarning dronlarini ortda qoldirgan holda marraga birinchi bo‘lib kelgan. Ikkinchi o‘rinni turnir avvalida asosiy favorit sifatida qaralgan mahalliy jamoa Dubai Dronetek egallagan.

Bu yilgi turnir avvalgi yillardagidan ko‘ra ko‘proq qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Dubaydagi bu turnirning mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil etadi.

Keyingi chempionat 2016 yilning 17-22 oktabr kunlari davomida o‘tkaziladi.