Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuhrat Qayumovning konserti fonogrammada o‘tadigan bo‘ldimi?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xushovoz xonanda, tajribali suxandon Shuhrat Qayumov joriy yilning 22-23 mart kunlari “Istiqlol” san'at saroyidagi jonli ijroda konsert beradi.
Bir muddat avval xonandaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab, shifoxonada davolangani haqida ma'lum qilgandik. Shu sabab el orasida “konsert fonogrammada o‘tarmish”, degan turli mish-mishlar tarqadi. San'atkorning o‘zi esa chindan ham sog‘lig‘i tufayli konsertni fonogrammada o‘tkazish taklifi bo‘lganini aytdi. Biroq xonanda bunga unamay, qo‘shiqlar faqat jonli ijro etilishini ta'kidlagan.
San'atkorlar va tomoshabinlar orasida bunga turlicha fikrlar bildirilmoqda. Kimdir sog‘lig‘ini asrab, bu yilcha fonogrammada o‘tkazgani ma'qul desa, boshqalar Shuhrat Qayumovning jasoratini alohida hurmat bilan e'tirof qilishmoqda.

Kontsertga sanoqli kunlar qoldi. Bir kunda vaziyat o‘zgarishi hech gap emas. Har holda sog‘liq jiddiy masala. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Mavzuga oid
13:05 / 31.01.2021
«Ibodat uchun jonini fido qilardi» – Shuhrat Qayumov yaqinlari xotirasida
14:02 / 22.09.2020
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov olamdan o‘tdi
15:05 / 19.12.2019
«Kamera ortida bo‘lishni tanladim» – Abdullajon roli bilan tanilgan Shuhrat Qayumov bilan suhbat
12:24 / 09.11.2016