Jamiyat | 13:05 / 16.03.2016
4459
2 daqiqa o‘qiladi

Bedavo kasallikka chalingan bola Eminemning qo‘shig‘ini klassik uslubda kuylab barchani lol qoldirmoqda

Nyu-jyersilik 12 yoshli Sparsh Shah ismli bolaning videosi internetdagi eng so‘nggi shov-shuvli voqeaga aylandi.

Internetda uning rep-xonanda Eminemning 2010 yildagi xit taronasi bo‘lgan “Not Afraid”ni klassik uslubda kuylagani internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi.

Osteopsatiroz (mo‘rt suyaklarining rivojlanmaganligi) nomli bedavo kasallik bilan dunyoga kelgan Sparsh Shah suyaklari juda nozik bo‘lganligi sabab nogironlar aravachasida yuradi. Biroq bu kasallik uning ruhiyatiga aslo ta'sir ko‘rsatmaydi.

Uning feysbukdagi sahifasida, Shah oyoq va qo‘llarini yaxshi ishlata olmasligi, boshqa bolalarga o‘xshab bemalol yugura va yura olmasligi aytib o‘tilgan. 12 yillik hayoti davomida uning suyaklarida 125dan ortiq sinish holatlari kuzatilgan.

Sparshda musiqaga nisbatan ilhom paydo bo‘lishida juda ko‘plab san'atkorlar, jumladan, uning eng sevimli yulduzi bo‘lmish Eminem va Kris Braun sababchi bo‘lgan. Shuningdek, xind aktyori Salmon Xonning ijodi ham katta qiziqish uyg‘otgan.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Shahning ruhiyati cho‘kmagan. U o‘zining qobiliyati bilan qo‘shiq kuylashga harakat qildi va milliardlab insonlarga u kabi imkoniyati cheklangan bolalar ham o‘z orzusiga yeta olishi mumkinligini isbotlab berdi.

Xabar qilinishicha, Sparsh 10ta qo‘shiq, hikoyalar, sherlar va maqolalar yaratgan va ular TV-shou hamda radioda doimiy tarzda berilib boriladi.

Mazkur video-rolik 2016 yilning yanvar oyida YouTube'ga yuklangan bo‘lib, shu kunga qadar uni 1 475 824 ga yaqin kishi tomosha qilgan.

Feysbukda esa rolik 10 000dan ortiq layklar yig‘di va 603 ming marta tomosha qilindi.