Sport | 20:28 / 18.03.2016
2924
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek futboli tarixidagi futbolchilar, murabbiylar, hakamlar

Bugun o‘zbek futboliga asos solinganining 104 yilligi nishonlanmoqda.

Futbol - O‘zbekiston xalqi madaniy hayotining ajralmas qismlaridan biridir. O‘zbek futbolining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Aniqrog‘i, XX asrning boshida, 1912 yilning o‘zidayoq butun Farg‘ona vodiysi, xususan Qo‘qon shahri ushbu o‘yin bilan "kasallanib" bo‘lgan edi. 

Dastlab bunday jamoalar turli korxonalarda ishlayotgan ishchilardan tuzilgan. Farg‘ona viloyatida birinchi chempionat 1914 yilda bo‘lib o‘tgan. 

Biroz vaqt o‘tib, bunday jamoalar Samarqand, Toshkent va Andijon shaharlarida ham paydo bo‘la boshladi. O‘sha uzoq yillarda O‘zbekistondagi jamoalar o‘rtasida turli musobaqalar o‘tkazila boshlangan.

Sobiq Ittifoq tarkibida O‘zbekiston vakillari o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab turli musobaqalarda qatnasha boshlagan.

Sobiq Ittifoq futboli hayotida O‘zbekiston doimo alohida o‘rinlarda turgan. O‘zbekiston jahon futboliga Gennadiy Krasnitskiy, Yuriy Pshenichnikov, Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov,  Maksim Shatskix, Ravshan Ermatov kabi shaxslarni taqdim etgan.   

Bugun mustaqil O‘zbekiston futboli rivojlanishi yanada baland cho‘qqiga chiqish arafasida turibdi. O‘zbekiston milliy jamoasi futbol olamida eng nufuzli musobaqa bo‘lgan — Jahon Chempionatiga chiqish yo‘lida harakat qilmoqda.

 

 

 Manba: tribuna.uz