Jahon | 16:25 / 19.03.2016
1668
1 daqiqa o‘qiladi

Halokatga uchragan “Boing” uchuvchilari va rostovlik dispetcherlar o‘rtasidagi suhbat e'lon qilindi

DonDay.ru nashri Flydubai aviakompaniyasining halokatga uchragan Boeing 737-800 layneri uchuvchilari va rostovlik dispetcherlar o‘rtasida bo‘lgan so‘zlashuvning audioyozuvini e'lon qildi.

Suhbatdan shuni anglab yetish mumkinki, uchuvchi parvoz vaqtida hech qanday muammodan shikoyat qilmagan va parvoz shtatda ko‘rsatilganidek rejimda davom etgan. Nashrning qayd etishicha, birinchi uchuvchi dipetcherlar bilan uzoq vaqt ob-havoni muhokama qilgan. U kuchli shamoldan ogohlantirilishiga qaramay samolyotni qo‘ndirishga harakat qilgan.

Ma'lumot o‘rnida: Flydubai aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti 19 mart kuni Rostov Dondagi aeroportga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Uning bortida 62 nafar yo‘lovchi bo‘lgan va ularning barchasi halok bo‘lgan.