Fan-texnika | 16:26 / 25.03.2016
2526
4 daqiqa o‘qiladi

AQShda xurrak otishga qarshi karavot ixtiro qilindi

23 mart kunidan Kickstarter’da Balluga deb nomlangan “aqlli” karavotga to‘shak ishlab chiqarish uchun mablag‘ to‘plashga yo‘naltirilgan kampaniya ishga tushdi. Balluga kerakli haroratni ushlab turishga, optimal holatdagi uyquni ta'minlashga, hattoki, xurrakka qarshi kurashishga ham yordam beradi.

Ixtirochilar fikricha, Balluga birinchi haqiqiy aqlli karavot bo‘lib, real vaqt rejimida tushlarni boshqara oladi. Shuningdek, ular sharsimon hujayrali havo bilan to‘ldirilgan matras vaqt o‘tgan sayin eskirib, tekislanib qolmasligiga va'da qilishdi.

Matrasning har bir qismida havo bosimi avtomatik tarzda ko‘tariladi yoki pasayadi. Bu esa dam olayotgan kishining tanasi har doim to‘g‘ri holatda bo‘lishiga yordam beradi. Alohida hujayralar shu darajada yumshoqki, ular sog‘lom qon aylanish tizimini cheklamaydi. Shuning bilan birga, keraklicha mustahkam bo‘lib, umurtqani to‘g‘ri ushlashni ta'minlab beradi.

Matras qattiqligini har safar foydalanilganda o‘zgartirish mumkin va uning har bir tomoniga tizim o‘z haroratini o‘rnatishga imkon beradi. Shuningdek, “aqlli” karovatni hordiq chiqarish va uxlashga yoki aksincha, belgilangan vaqtda tezroq turishga yordam beruvchi vibromassaj sifatida ishlatish mumkin.

Balluga karavotida tungi yoritgich tizimi mavjud bo‘lib, u yarim kechasi turish kerak bo‘lganida qorong‘ida boshqalarni bezovta qilmaslikka yordam beradi.

Budan tashqari, “aqlli” karavot xurrakni to‘xtata oladi: unda o‘rnatilgan ovozli datchik xurrakni avtomatik tarzda payqay oladi. Shundan so‘ng, matrasning boshida joylashgan qismi havoga to‘lib, yostiqni ko‘taradi va natijada uxlayotgan kishining nafas yo‘llarini ochishga ko‘maklashadi.

Balluga simsiz pult yoki iOS yoki Android gadjyetlariga o‘rnatilgan dasturlar orqali boshqariladi. Ixtirochilar kelajakda karavotni yangi uy smart-texnikalari bilan birgalikda ishlatish uchun boshqa dasturchilar bilan hamkorlikda ishlashni rejalashtirishgan.

Karavotni sinovdan o‘tkazgan The Verge nashri muharriri Jyeyms Vinsent uni matras qulayligini rostlashga yordam beruvchi eng jozibali to‘shakligini ta'kidladi. Biroq u yuqorida qayd etilgan barcha funksiyalar kafolatli ishlashiga javob bera olmasligini qayd etib o‘tdi. University College London Hospitals’ning tushlar bo‘yicha mutaxassisi Balluga karavotining tana joylashuvini qulay qilib moslashtirib qo‘yishi xurrakni to‘xtatish uchun yetarli bo‘lmasligini aytib o‘tdi. Shuningdek, tizim uyqu paytidagi apnoe (pishqirish yoki tovushning bo‘g‘ilishi bilan yangilanuvchi nafas harakatlarining to‘xtab qolishi) sindromi oldida kuchsiz ekanligini ham qayd etdi.

Balluga karovatining bosh direktori Jo Katan (Joe Katan) jurnalistlarga kompaniya qurilmani tibbiy sinovdan o‘tkazishni reja qilgani, biroq, ayni damda bir necha ish jarayonlari oxiriga yetmaganini, buning uchun esa moddiy mablag‘ zarurligini aytib o‘tdi.

Balluga`ning Kickstarter’dagi narxi bir kishilik matras uchun 1.2 ming dollar va ikki kishilik matras uchun 1,5 ming dollarni tashkil etadi. Bir kishilik karavot (matras va konstruksiya) 2 ming dollar, ikki kishilik esa — 2,5 ming dollarga aylanadi.