Sport | 09:11 / 25.03.2016
1936
1 daqiqa o‘qiladi

Visente del Boske Italiyaga qarshi o‘yin vaqtida arbitr bilan to‘qnashuvdan keyin yiqilib tushdi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiy Visente del Boske Italiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida qanot hakami bilan to‘qnashib ketgach oyoqlarida tura olmasdan yerga quladi.

Bu voqea o‘yinning 20 daqiqasi o‘tib borayotgan vaqtda ro‘y berdi. Bu vaziyatda chap qanot hakami chiziq bo‘ylab harakatlana turib, maydonga yaqinroqda turgan del Boskeni payqamay qoldi va uni turtib o‘tib ketdi. Murabbiy bu zarbadan jabrlanmagan va o‘zi mustaqil ravishda o‘rnidan ko‘tarilgan hamda jilmaygan holda borib arbitrning qo‘lini siqib qo‘ygan.

Uning yiqilishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga "Manchester Yunayted" murabbiyi Lui van Gaalning "Arsenal"ga qarshi o‘yin vaqtida o‘z ixtiyori bilan to‘rtinchi hakam oldida "qulab berishi"ni eslatgan.