Fan-texnika | 16:55 / 26.03.2016
3116
1 daqiqa o‘qiladi
“Forsaj” qahramonlaridan biri mashina tezligini ilk bor soatiga 322 km. ga chiqardi
“Forsaj” filmining bir necha seriyasida suratga tushgan amerikalik aktrisa Mishel Rodriges umrida birinchi marta avtomobilni soatiga 322 kmyu tezlikda boshqardi. U kuchaytirilgan Jaguar F-Type SVR kupesida shunday natijaga erishdi. Bu haqdagi videolavha avtomobil ishlab chiqaruvchining YouTube’dagi rasmiy kanaliga joylangan.
Yaguarning SVR rusumli kupesi 575 ot kuchiga teng 5 litr hajmdagi 8 silindrli motorga ega. Motorda mexanik siquvchi uskuna ham o‘rnatilgan. Mashina 8 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanib, ilk 100 km. tezlikka 3,5 soniyada erishadi. Uning eng yuqori tezligi esa soatiga 322 kilometrni tashkil etadi. Rodriges ayni tezlikka Nevada shtati sahrosidagi yo‘lda chiqa olgan.