Fan-texnika | 18:24 / 26.03.2016
1978
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone SE ochilayotgan videotasvir

iMore muharriri Rene Richi kelasi oy Rossiyada sotuvga chiqadigan iPhone SE ochilayotgan videotasvirni keng ommaga namoyish qildi.

Videotasvir muallifi yangi iPhone SE i iPhone 5 modellari bir-biridan uncha farq qilmasligini ko‘rsatadi. Yagona sezilarli farq Home tugmasida bo‘lib, yangi modelda u Touch ID barmoq izlari bilan ta'sir o‘tkazadi. Yangi smartfon A9 ning 64-razryadli protsessori bazasida ishlaydi va Live Photosni qo‘llovchi 12 megapiselli kameraga ega.

iPhone SE 21-mart kuni taqdimot marosimida namoyish etildi. Qurilma iPhone 6Sning apparat ta'minlanishiga ega, 3D Touch va yana bir necha elementlarni hisobga olmaganda vazifalari ham deyarli bir xil.

Xabarlarga ko‘ra, Apple bu yil 15 million iPhone SE sotishni rejalashtirgan.