Sport | 10:08 / 26.03.2016
2011
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Afrika klublaridan birining darvozaboni raqiblarga qarshi antiqa "ayyorlik" ishlatmoqda

Fubol bo‘yicha Janubiy Afrika Respublikasi milliy chempionatida "Maritsburg Yunayted" va "Golden Errouz" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar darvozaboni 30 yoshli belgiyalik Glenn Verbauvxede raqiblarga qarshi antiqa usulda "ayyorlik" ishlatdi.

Darvozabon raqib o‘yinchilarni o‘z yoniga chorlab turib, ular yaqinlashganda ularga boshi bilan oldinga sakragan holda tashlangan. Uning bunday harakatlari o‘z "natijasini" berdi: o‘yindagi epizodlardan birida raqib jamoa hujumchisi Rayan Chepmen Verbauvxedega qo‘pollik ishlatdi deb topilib, sariq kartochka oldi. Vaholanki, ushbu holat tasvirlangan videoda darvozabonning o‘zi futbolchiga nisbatan ayyorlik ishlatganini ko‘rish mumkin.

Uchrashuv 2:0 hisobida Verbauvxede jamoasi hisobiga yakunlandi.

Bu ikki jamoa o‘rtasidagi avvalgi uchrashuvda ham darvozabon o‘zini "ko‘rsatgan" edi: u "Errouz"ning hujumchisiga ikki marotaba oyog‘ini oldinga qilgan holda sakragan, biroq bunda uning jamoadoshi raqibni turtgani uchun sariq kartochka olgan edi.

2013 yilda Verbauvxede intervyulardan birida 14 yoshida darvozabon bo‘lgani haqida gapirib bergan: "Bu menga to‘g‘ri keladi. Darvozabon bo‘lish uchun telba bo‘lish kerak, degan gap yuradi. Va buni aytganlar qandaydir tarzda haqdirlar", deb aytgandi darvozabon.
2012 yilda belgiyalik futbolchi jarohat olgani sababli Angliyaning "Vestxem" va "Sautxempton" klublariga o‘ta olmagandi. Shundan keyin uning agenti unga JARdagi klubdan ish topib bergandi.