Fan-texnika | 17:44 / 26.03.2016
2171
1 daqiqa o‘qiladi

OLO - smartfonda ishlaydigan arzon 3D-printer

Kickstarter’da atigi 99 dollar turadigan OLO 3D-printerini ishlab chiqarish uchun mablag‘ to‘planmoqda. U smartfonning hisoblash kuchi va ekrani yoritilishidan foydalangan holda oddiy batareyalardan quvvatlanadi.

OLO uchta asosiy qismdan iborat: smartfon joylanadigan negizga, nashr etish qutisi va hamda 3D-obekt nashr qilinayotgan plastina o‘rnatiladigan dvigatel. Smartfon ekranidan chiqadigan yorug‘lik yordamida suyuq polimer qattiq holatga keltiriladi.

Aytish joizki, OLO’ning 2ta kamchiligi bor: birinchidan u mitti narsalarni nashr qiladi, ikkinchidan, o‘z firma mahsulotlarida ishlaydi.

Printerni ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, kerakli buyumdan Autodesk 123D Catch ilovasi yordamida nusxa olsangiz bas, OLO uni 10 daqiqa ichida nashr qila oladi hamda Android, iOS va Windows Phone operatsion tizimlarda ishlaydigan telefonlarga mos tushadi. Ilk xaridorlarga mahsulot shu yilning sentabrida yetkaziladi.