Jamiyat | 11:44 / 26.03.2016
35432
2 daqiqa o‘qiladi

Xotinini yashirin kamera orqali kuzatgan er bir sirni anglab yetdi

Deyarli har bir oilada quyidagi noxush vaziyat yuz bergan bo‘lsa kerak. Er og‘ir ish kunini o‘tkazib uyga horib-charchab keladi va uyda farzandlar bilan qolgan xotini uydagi hech bir ishni bajarishga ulgurmaganini ko‘radi. Buning ustiga, xotini qattiq charchaganini aytib noliydi!

Shunday onlarda erkaklarning miyasiga har xil xayollar keladi. Kimdir xotini judayam dangasa bo‘lib ketganligini o‘ylasa, yana kimdir xotinidan shubhalanishni boshlaydi. Aslida esa...

Yaponiyalik bir guruh faollar uyda o‘tirgan ayollar nima bilan shug‘ullanishlarini o‘rganmoqchi bo‘lishdi. Shu bilan birga ro‘zg‘orning og‘ir yukini aslida kim ko‘proq ayollarmi yoki erkaklar ko‘tarishiga ham aniqlik kiritishga bel bog‘lashdi. O‘z tadqiqotlari natijasini ular qisqa, lekin ta'sirli videlavhaga joylashtirishdi. 

Bu rolik ayollikning naqadar og‘irligini va uy bekasi bo‘lish oson ish emasligini his qilishingizga yordam beradi.