Jahon | 11:48 / 30.03.2016
1887
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaga qarshi jazo choralari muhim deb hisoblaydi

Amerika moliya vazirining qayd etishicha, sanksiyalar kuchli siyosiy quroldir. U bilan yengil-yelpi muomala qilish yaramaydi.

AQShning Rossiyaga qo‘llayotgan jazo choralari, "birinchi galda, so‘nggi qaror qabul qiluvchi hukumatga qarshi qaratilgan".

Reyters axborot agentligining xabariga ko‘ra, AQSh moliya vaziri Jyeykob Lyu shunday bayonot bergan.

"Biz, iqtisodiy o‘sishning sekinlayotgani sabab jazo choralarini qo‘llash yoki qo‘llamaslik borasida ikkilanmasligimiz lozim", deb Lyu so‘zlaridan iqtibos keltirgan axborot agentligi.

Vazirning qayd etishicha, jazo choralarini joriy etish, talab etilgan paytda qo‘llash lozim bo‘lgan jiddiy vositadir.

Jyeykob Lyuning so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning sanksiyalar qo‘llash amaliyoti turli xil usullarga ega. Xususan, bu Kubaga nisbatan qo‘llanilgan keng qamrovlisidan tortib, Rossiya bilan bog‘liq vaziyatdagi maqsadli sanksiyalar ko‘rinishlariga ega.

Bundan avvalroq, AQSh davlat kotibi Jon Kerri 25 mart kungi Moskvaga tashrifi chog‘ida, Minsk kelishuvi bandlari to‘liq bajarilsa, AQShning Rossiyaga sanksiyalari bekor qilinishini aytgan edi.