Jahon | 14:55 / 30.03.2016
1821
1 daqiqa o‘qiladi

Fotogaleriya: Lahor xunrezligi

27 mart kuni Pokistonning Lahor shahrida portlash sodir etildi. Bu vahshiylik “Gulshan-i-Iqbol” bolalar ko‘ngilochar bog‘ida terrorchi-hudkush tomonidan amalga oshirildi. Bu paytda bog‘da nasroniylarning Pasxa bayrami tantanalari bo‘layotgan edi. Bomba bolalar atraktsionidan bir necha qadamlar beriroqda portlatildi.

Bu jinoyatni Pokistonda harakat qiluvchi “Tehrik-i-tolibon Pokiston” tolibonlarining “Jamoat ul Ahror” ekstremestik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Dawn gazetasining elektron versiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu terakt qurbonlari soni 74 kishiga yetgan. 17 va 18 yashar ikki jabrdiyda olgan jarohatlari oqibatida Lahordagi shifoxonada olamdan o‘tgan.

Avvalroq ular soni 72 nafar ekanligi qayd etilgan edi.