Fan-texnika | 12:28 / 30.03.2016
2317
3 daqiqa o‘qiladi

Jyeyson Steytem LG G5 smartfonining birinchi reklama roligi uchun bosh rolni ijro etdi

Amerikalik taniqli aktyor, "Tashuvchi", "Tutqich bermaslar" filmlari yulduzi Jyeyson Steytem LG kompaniyasining innovatsion modullli smartfoni bo‘lmish LG G5 reklama roligida suratga tushdi.

LG G5 va LG Friends qo‘shimcha qurilmalarining imkoniyatlari haqida so‘zlovchi bu rolik rejissyori Fredrik Bonddir. U xalqaro brendlar uchun ko‘plab global kompaniyalarni boshqargan.

Kompaniyaning asosiy e'tibori LG G5 ning universal modulli dizayniga qaratilgan bo‘lib, u o‘yin o‘ynash va smartfondan foydalanib rohatlanish imkoniyatlarini beradi. LG G5 o‘z gadjyetlari orqali o‘zgarishi mumkin, masalan, u raqamli kameraga yoki HI-Fi audiopleyerga aylanishi mumkin. Ushbu smartfon yashash tarzini yengillashtiruvchi zamonaviy texnologiyalarni xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddaodir.

Suratga olish ishlari Los-Anjyelesda Energy BBDO kreativ agentligi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Syujyetga ko‘ra, Jyeyson Steytem LG G5 dan foydalanishning quvnoq va qiziqarli imkoniyatlarini namoyish etadi. Aktyor qiziqarli kichik ko‘rinishning o‘zida LG G5 ning "Hayot unda o‘yinga joy borligi bilan qiziqdir" shiorini aks ettirgan barcha qahramonlar rolini ijro etdi.

"Nazarimda, LG kompaniyasi LG G5 smartfoni orqali namoyish etilayotgan modulli dizayn konsepsiyasi albatta xaridorlarning e'tiborini jalb etadi. Mazkur rolikni yaratish ustida LG kompaniyasi bilan ishlash menga juda manzur bo‘ldi va umid qilamanki, buni barcha tomoshabinlarimiz munosib baholaydilar", - dedi Jyeyson Steytem.

"MWC doirasidagi premeradan so‘ng biz ko‘pchilikdan ular aynan LG G5 smartfoniga o‘xshagan qurilmani kutganliklarini eshitdik. LG G5 yordamida biz smartfon odatiy aloqa vositasidan-da ortiq vazifalarni bajara olishini ko‘rsatish, foydalanishning yangi imkoniyatlari bilan tanishtirish niyatidamiz. Bu bizning hayotimizni yaxshilab, uni yanada qiziq qiladi", - deb ta'kidlaydi LG Mobile Communications kompaniyasi vitse-prezidenti va marketing aloqlar bo‘limi boshlig‘i Kris Yi.

Mazkur reklama roligi 1 apreldan Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Sharqiy Osiyo hamda bir qator mamlakatlarda namoyish etiladi. Shuningdek u LG Mobile kompaniyasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga ham qo‘yildi.