Fan-texnika | 16:02 / 01.04.2016
3222
4 daqiqa o‘qiladi

Build 2016: Microsoft konferensiyasidan eng muhim xabarlar

Apple har yili WWDC tadbirini iyun oyida va Google esa may oyida Google I/O anjumanini o‘tkazganidek, Microsoft ham har yilning mart oyida dasturchilarni Build konferensiyasiga taklif etadi. Konferentsiyada Windows 10, HoloLens, chat-botlar va Bash buyruqlar qatori tadbirning eng muhim e'lonlaridan biri bo‘ldi.

Windows 10da Linuxning Bash buyruqlar qatori paydo bo‘ladi

Ko‘p yillar davomida Linux va Windows platformalari kabi boshqa turli platformalar bo‘lmagan: birinchisi – maksimum darajada ochiq va kastomlashtirish mumkin, ikkinchisi – yopiq ishlangan. Ammo 2015 yilning bahor oylaridan boshlab Windows ochiq Dasturiy ta'minot (DT) tomon qadamlarni qo‘ya boshladi va korporatsiyaning top-menejyeri Windows opensource-rusumi paydo bo‘lishi haqida so‘z ochgan edi.

Build konferensiyasida Windows 10ga Bash buyruqlar qatorini o‘rnatishini e'lon qildi va ko‘plab dasturchilarning fikriga ko‘ra bu buyruqlar qatori Windowsga muhim bo‘lgan dastur edi.

HoloLens ko‘zoynagining dasturchilar uchun sotuvga chiqarilishi boshlandi

 

HoloLens virtual reallik ko‘zoynaklari 2015 yilda namoyish etilgan bo‘lsada, sotuvga ular bir yil o‘tib chiqarilmoqda. Shunda ham kompaniya chegaralangan savdoni amalga oshirmoqda: Microsoft 29 fevralda dasturchilardan buyurtma olishni boshlagan.

To‘plamning narxi 3000 dollar deb baholanib, uning ichiga ko‘zoynak, quvvatlovchi, sumka va klikerni (virtual reallikda boshqarish uchun ishlatiladigan qurilma) kiritilgan. amerikalik va kanadalik dasturchilar uchun 30 martdan boshlab qurilma tarqatilishni boshlaydi.

Chat-botlar uchun platforma

Hozirgi kunda avtomatik tarzda muammolarni hal etuvchi botlar dastur ishlab chiqaruvchilar orasida trendga aylangan. Bunday botlar Telegram orqali temir yo‘l chiptalarini sotib olishdan boshlab Facebook M aqlli yordamchisigacha foydalanilmoqda. Paytdan foydalanib, Microsoft ham o‘zining botlar uchun platformasini ishlab chiqdi.

Platforma Bot Platform deb nomlanadi. U Facebook M dasturiga o‘xshaydi: dasturchilar o‘zlarining ilovalarida foydalanuvchilarning vaqtini tejash uchun uni o‘rnatishlari mumkin. Misol uchun, endi siz pitssa buyurtirmoqchi bo‘lsangiz, “Cortana, menga pitssa buyurtir” desangiz bo‘ldi, ovoz yordamchisidagi botning o‘zi buyurtmani amalga oshiradi. Bu texnologiya kompaniyaga Skype uchun 3D-qahramonli botlarni o‘rnatishga imkon berdi.

Microsoft bosh direktori Satya Nadella suhbatlashuvchi botlarga katta umid bog‘layapti. Uning fikriga ko‘ra, insonlar tilini tushunuvchi sun'iy intellekt – kompyuterdan foydalanishning yangi bosqichi bo‘ladi.

270 million foydalanuvchining kompyuterlarida Windows 10 o‘rnatilgan

Microsoft kompaniyasi vakillarining xabariga ko‘ra, Windows 10 operatsion tizimi kompaniya tarixidagi eng tez tarqalayotgan operatsion tizimga aylandi.

Bir yilga yetmasdan kompaniya 270 million foydalanuvchilarga Windows 10 operatsion tizimini yetkazib berdi. Ammo Microsoft 2017 yilda 1 milliard foydalanuvchilarga erishishni maqsad qilib qo‘ygan, yuqoridagi ko‘rsatkich esa uning to‘rtdan bir qismi hisoblanadi.

2016 yilning yoz oyida esa Windows 10’ning katta Anniversary Edition deb nomlangan katta yangilanishi kutilmoqda. Bu yangilanish kompyuterlarga Windows Ink stilusidan foydalanish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Windows 10 Anniversary Edition operatsion tizimida ishlaydigan Xbox One qurilmalarida Windows Store’dagi o‘yinlarni o‘ynash imkoni paydo bo‘ladi.