Fan-texnika | 15:12 / 05.04.2016
2126
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone SE iPhone 6s’ga nisbatan mustahkam emasligi aniqlandi

SquareTrade kompaniyasi yangi iPhone SE ustida bir qancha krash-testlarni amalga oshirdi. Shu ma'lum bo‘ldiki, iPhone SE qalinroq korpusga ega bo‘lsa ham egilish testlaridan yaxshi o‘ta olmagan.

Apple’ning oxirgi 4-dyuymli devaysi 73 kg yuk ostida, uzunroq 6s va 6s Plus esa 5 va 10 kg bosim ostida egilgan.

iPhone SE’ning “qaytmas nuqtasi” 80.3 kilogrammni tashkil etdi.

2 metr balandlikdan asfalt ustiga tashlab yuborish uchala smartfonning shisha ekranlari uchun xavfli test edi. Ammo iPhone SE’ning 10 marta xuddi shu balandlikdan tashlanishi qurilmaning deyarli butunlay parchalanishiga olib keldi. 6s va 6s Plus ham 10 marta tashlanganda ularda faqatgina kosmetik defektlar paydo bo‘ldi.

Eng yomon ko‘rsatkichlarni 4-dyuymli devays namgarchilikka chidamlilik testida ko‘rsatdi. iPhone SE 1.5 metr chuqurlikdagi suv to‘ldirilgan idishga solinganda bir daqiqa ichida yaroqsiz holga keldi. Huddi shu testda iPhone 6s ishlash qobiliyatini saqlab, 30 daqiqa chidadi va hattoki ovoz ham chiqara oldi. iPhone 6s Plus esa faqatgina 10 daqiqa chidadi va buzilib qoldi.