O‘zbekiston | 16:42 / 06.04.2016
2244
1 daqiqa o‘qiladi
Hafta oxirida O‘zbekistonda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
"O‘zgidromet" ma'lumotiga ko‘ra, 8-9 aprel kunlarida O‘zbekistonning barcha hududlarida havo bulutli bo‘ladi va vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Bu kunlar davomida harorat 10-15 daraja issiq bo‘ladi, ba'zi hududlarda esa harorat +22 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Tunla termometr ko‘rsatkichlari +5-...+10 darajani ko‘rsatishi mumkin.
Sinoptiklar 10-11 aprel kunlari uchun yog‘ingarchilik bashorat qilishmagan.