Jamiyat | 14:45 / 06.04.2016
2440
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar yosh rahbarlar qanday qilib o‘z obro‘larini oshirishlari mumkinligini aniqlashdi

Amsterdam universiteti olimlari yangi tadqiqot olib borishdi va yosh rahbarlar ko‘pincha xizmatchi xodimlari orasida yetakchilik qila olmasliklarini aniqlashdi. Bu izlanish haqida Journal of Organizational Behavior jurnalida to‘liq ma'lumot berilgan.

Tadqiqotda 83 jamoaga ajratilgan 690 nafar erkak va ayollar ishtirok etishdi. Har bir jamoada bittadan yetakchi tayinlandi. Ularning eng yoshi - 23, eng kattasi - 48 yoshlilar. Tadqiqot davomida eng yosh rahbarlar kerakli malakaning yo‘qligi bois xodimlari orasida hurmatga sazovor bo‘la olishmagan.

Yana shuni ta'kidlash kerakki, o‘zining yuqori lavozimiga hadeb ishora qilaverish yosh rahbarga obro‘ keltirmasligi tasdiqlandi. Shuningdek, xodimlar yosh rahbarlarning istagan ishchi qaror qabul qilishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan imkonni beruvchi "demokratik yetakchilik" strategiyasini yoqlashmaydi.

Olimlarning fikricha, yosh rahbarlarning obro‘ topishdagi eng yaxshi yo‘li - o‘z xodimlarini maqtash.

"Maqtov necha yosh bo‘lishiga qaramasdan rahbarning obro‘sini oshiradi. Mana shu narsani anglab yetish yosh rahbarlarga haqiqiy yetakchi bo‘lishga yordam beradi", - deyishadi tadqiqot mualliflari.