Jamiyat | 17:25 / 07.04.2016
3814
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik videoblogerlar olov bilan o‘ynashdi

Buyuk Britaniyadagi The Slow Mo Guys videoblogerlari ognemyotning (o‘tsochar qurol) olov purkashini sekinlashtirilgan holda suratga olishdi.

O‘tsochar vosita ishtirokchilar avvaldan tayyorlab qo‘ygan yoqilg‘i balloni va gazli ballondan iborat.

O‘tsocharni sinab ko‘rayotgan dovyurak yigit xavfsizlik uchun maxsus kiyim, balaklava, ko‘zoynak va qo‘lqop kiyib olgan.

Videoda yigitning ochiq joyda ognemyot ushlab turishini ko‘rish mumkin. Jarayonning yana bir qatnashchisi xavfsiz masofadan turib jarayonni videotasvirga olgan.

 

Bu The Slow Mo Guys blogerlarining olov bilan birinchi marta o‘ynashishi emas. Oldin ular feyyerverklar ham “yasashgan” va olovli tornado hosil qilishgan.