Sport | 20:06 / 08.04.2016
2214
1 daqiqa o‘qiladi

Murabbiy Gattuzo o‘yin vaqtida yordamchisini urdi

Ayni vaqtda Italiya S seriyasining "Piza" jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Jyennaro Gattuzo SPAL jamoasiga qarshi o‘yin vaqtida o‘z ehtiroslarini jilovlay olmadi.

Marca nashri "Milan" jamoasidagi faoliyati vaqtida tez-tez raqib futbolchilari va murabbiylarini urishni kanda qilmagan sobiq futbolchi bu safar o‘z yordamchisini urgani tasvirlangan videoni internetga joylashtirgan.

Bu vaziyatda o‘yinning yakuni arafasida Gattuzo o‘ziga sekundometr olib kelishda sustkashlik qilgan yordamchisining yuziga zarba beradi va undan sekundometrni tortib oladi.

O‘yinda Gattuzoning jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qilgan.