Fan-texnika | 00:35 / 08.04.2016
2584
1 daqiqa o‘qiladi

Porsche kompaniyasi narxi 6,5 ming dollar bo‘lgan idora o‘rindig‘ini taqdim etdi

Porsche kompaniyasi narxi 6,5 ming dollar bo‘lgan idora o‘rindig‘ini ishlab chiqardi. Aslida bu 911 Carrera GTS va GT3 sportkarlariga o‘rnatiladigan o‘rindiq bo‘lib, ulardan farqli ravishda unga tirsakqo‘ygichlar va g‘ildiraklar o‘rnatilgan.

O‘rindiq Office Chair RS nomini olgan bo‘lib, charm va alkantara bilan qoplangan. Shuningdek, uning tikilishi Porsche sport avtomobillarining o‘rindiqlari kabi tikilgan.

Uning suyanchig‘i elektr quvvatida ishlaydigan motor orqali boshqarilib, o‘rnatilgan zaryadlanuvchi batareyadan quvvat oladi. O‘rindiqning bosh qo‘yiladigan yostiqchasiga Porsche logotipi tikilgan.

O‘rindiq og‘irligi 35 kilogrammni tashkil etadi va Germaniyada ishlab chiqariladi.