Jamiyat | 14:55 / 09.04.2016
2971
1 daqiqa o‘qiladi
To‘y kuni kuyovning otasi o‘z kelinini urib, yerga qulatdi
Internetda to‘y kuni kuyovning otasi o‘z kelini bilan urishib ketgani videosi paydo bo‘ldi.
Rolikdan ko‘rinib turibdiki, kelin kamera oldida o‘zini nomunosib tutadi. Uning bu qilig‘i qaynotaga yoqmaydi va yeng shimargancha kelin tomon yuradi.
To‘yga kelganlardan biri janjalni to‘xtatishga urinadi. Boshqa biri esa, aftidan qattiq mast bo‘lib qolganidan, erkakka qarata “o‘ldir uni” deb baqiradi.
Janjal qizning yerga qulashi bilan yakunlanadi. Keyin nima bo‘lgani esa noma'lum.