Sport | 21:08 / 10.04.2016
2041
2 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov "Krasnodar"ning "Ural" ustidan yirik g‘alabasida o‘z goli bilan hissa qo‘shdi

Rossiya chempionatining 23 turida "Kransnodar" jamoasi "Ural"ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yinda mezbonlar hujumchisi, Rossiya terma jamoasiga nomzod futbolchi Fedor Smolov 4ta gol urdi va gollari sonini 12taga yetkazib, Xalk va Promes bilan birga to‘purarlar poygasida yetakchiga aylandi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov esa o‘yinning 55 daqiqasida hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirgan gol muallifi bo‘lgan. O‘yindagi oltinchi gol jamoaning braziliyalik hujumchisi Vanderson hisobiga yozilgan.

Ayni vaqtda "Krasnodar" 40 ochko to‘pladi va turnir jadvalida "Terek"ni quvib o‘tib, beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda ham Odil Ahmedov bir gol va bitta golli uzatmasi bilan "Krasnodar"ning "Dinamo Moskva" ustidan yirik g‘alabasiga hissasini qo‘shgandi.

Rossiya chempionati
Premer-liga
23 tur
"Krasnodar" – "Ural" (Yekaterinburg) – 6:0 (2:0)
Gollar: Smolov, 18 (1:0). Smolov, 45+2 (2:0). Odil AHMeDOV, 55 (3:0). Smolov, 56 (4:0). Smolov, 61 (5:0). Vanderson, 77 (6:0).
"Krasnodar": Kritsyuk, Markov, Sigurdsson, Grankvist, Petrov, Podberezkin, Kabore, Axmedov (Vanderson, 74), Pereyra (Joauzinyu, 65), Mamayev (Laborde, 62), Smolov.
"Ural": Zabolotnyy, Kulakov, Fontanello, Novikov (Yaroshenko, 64), Dantsev, Ryazantsev (Serchenkov, 57), Sapeta, Fidler, Manucharyan, Korobov, Gogniyev (Dorojkin, 60).