Fan-texnika | 22:43 / 10.04.2016
2325
2 daqiqa o‘qiladi

SpeedX Leopard “aqlli” velosipedi taqdim etildi

Xitoy tashqarisida SpeedX nomi bilan mashhur Beast Cycling kompaniyasi Kickstarter’da 1200 dollarga buyurtma berish mumkin bo‘lgan Leopard velosipedini taqdim etdi.

SpeedX Leopard boshqalardan yuqori sifatli komponentlari, jumladan, Shimano 105 transmissiyasi, TRP tormozlari va turli datchiklar to‘plami bilan ajralib turadi.

Uglerodli ramkaning ishlatilishi natijasida velosipedning og‘irligi bor-yo‘g‘i 7.9 kilogrammni tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchilar ta'kidlashicha, u haqiqiy Lamborghini avtomobilini ko‘tara oladi. Buni esa maxsus rolik orqali ko‘rish mumkin.

SpeedX Leopard “aqlli” velosipedi vaqtni va safar masofasi, aylanish vaqti, tezlik, pedal aylanish chastotasini nazorat qila oladi. Shuningdek, u GPS bo‘yicha manzil, balandlik, ob-havo va yurak urishi chastotasini (yurak ritmini monitor qilish orqali) ham tekshira oladi. Tormozlarda orqa qism yorug‘ligi, korpusida esa GoPro yoki boshqa ekshen kamera joylashgan.

Dasturchilar Kickstarter’da 50 000 dollar yig‘ishni rejalashtirishgan edi, biroq to‘plangan mablag‘ yarim million dollardan ham oshib ketdi.