Jamiyat | 19:42 / 13.04.2016
1841
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yigit "Moskva-siti" binosidan tushib ketdi

O‘zbekistonlik Moskvada qurilayotgan "Moskva-siti" ishbilarmonlik markazidagi osmono‘par binolardan biridan tushib ketdi. Huquq-tartibot muassasalari yigit o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi rahbari katta yordamchisi Yuliya Ivanova 13 aprelda ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ivanova yigit 1994 yilda tug‘ilganini aniqlashtirib o‘tdi. Huquq-tartibot muassasalaridagi manbaning ma'lum qilishicha, yigit O‘zbekistondan kelgan bo‘lib, payvandchi bo‘lib ishlagan.

"Erkakning Moskva markazidagi qurilish obektidagi o‘limi bo‘yicha tergovgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Taxmin qilinishicha, u o‘z joniga qasd qilgan", deb aytdi Ivanova.

Avvalroq Moskva favqulodda xizmatlaridagi manba 13 aprelda bir erkak "Moskva-siti" markazidagi binolardan biridan yiqilib halok bo‘lganini ma'lum qilgan.