O‘zbekiston | 12:30 / 13.04.2016
2228
1 daqiqa o‘qiladi

Qayta ishlovchi korxonalar chegirmalarga ega bo‘lishdi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2016 yil 12 aprelda "Meva va sabzavot mahsulotlari, kartoshka va poliz ekinlarini sotish va foydalanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida" farmonini imzoladi.

"Meva va sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzumni qayta ishlovchi xususiy korxonalar, idoraviy mansubliklaridan qat'i nazar, 2019 yilning 1 yanvarigacha zamonaviy uskuna va texnologiyalarni olib kirishda soliq to‘lovlaridan ozod etildi", - deyiladi farmonda.

"O‘zbekoziqovqatxolding" XK tarkibiga kiruvchi qayta ishlovchi korxonalar 2019 yilning 1 yanvariga qadar daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulki solig‘i, davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar, mikrofirma hamda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etildi.