Fan-texnika | 16:42 / 15.04.2016
2498
2 daqiqa o‘qiladi

Robot-smartfon sotuvga tayyor bo‘ldi

Sharp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan robot-smartfon sotuvga tayyor bo‘ldi.

2015 yilning kuzida Yaponiyaning Sharp kompaniyasi odamsifat robot qiyofasidagi ajoyib RoboHon smartfonini namoyish qilgandi.

Ungacha hech bir kompaniya bunday qadam qo‘ymagandi, shuning uchun qurilma ko‘plab ijobiy fikrlarga ega bo‘lgan, uni qo‘lga kiritishni istovchi ishtiyoqmandlar ham talaygina. Mana nihoyat robosmartfon sotuvga chiqishga tayyor, ammo yangi qurilmaning bahosi ko‘pchilikni hayratga soladi va shu bilan birgalikda kayfiyatini tushiradi. Smartfon va minirobot gibridi 198 ming iyen, ya'ni 1800 dollarga teng. Bu pullar evaziga aqlli RoboHon ertalab uyg‘otadi, egasi bilan gaplashadi, rejalashtirilgan ishlar haqida xabar beradi, pochtani va xabarlarni tekshiradi, yuradi, raqsga tushadi, egasining yaqinlarini taniy oladi va zarurat tug‘ilganda, ularni suratga ham tushiradi.

Gadjyetni ovozli buyruq yordamida boshqarish mumkin. Masalan, undan suratga yoki videoga olish, ob-havo haqida ma'lumot berish yoki qo‘ng‘iroq qilayotgan odamning ismini aytishni so‘rash mumkin.

RoboHon'ning asosiy funksiyasi - foydalanuvchining yaqin do‘sti bo‘lish hisoblanadi. Robosmartfon 320x240 pikselli 2 dyuymli displey, 1,2 GGts chastotali Snapdragon 400 to‘rt yadroli chip, 2 GB operativ va 16 GB flesh-xotira, 8-Mp kamera, HD-proyektor, OS Android 5.0 va 1700 mAch akkumulyatorga ega. Aloqa uchun LTE/3G, Wi-Fi i Bluetooth qo‘llab-quvvatlaydi. Sotuvlar Yaponiyada shu yilning 26 mayidan yo‘lga qo‘yiladi.