Jamiyat | 16:27 / 18.04.2016
2152
3 daqiqa o‘qiladi

Umr yo‘liga bog‘lanib ketgan marafon

Terri Foks 1958 yilda Kanadada tavallud topgan. U 1977 yilda o‘ng oyog‘ining tizzasida og‘riq sezadi, tashxis natijalari esa suyaklarda saraton borligini ko‘rsatadi.

Shifokorlar uning oyog‘ini tizzasining tepa qismidan kesib tashlashga majbur bo‘lishadi. Oradan uch yil o‘tgach yosh atlet mamlakatni okeandan okeanga qadar bo‘lgan qismigacha yugurib o‘tishni maqsad qiladi. Yugurishdan maqsad — onkologik kasalliklarga qarshi kurashish uchun o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun jamg‘arma to‘plash bo‘lgan. Uning “Ishonch marafoni” deb nom olgan yugurishdan maqsadi, har bir kanadalikdan bir dollardan olish edi. U bunga bir yil davomida har kuni tayyorlanib bordi.

Terri Foks “Ishonch marafoni”ni 1980 yilning 12 aprel kuni kirishdi. U bir oyog‘ini Atlantika okeaniga botirib, keyingisini Tinch okeaniga botirishni niyat qildi. U bir kunda 42 km. masofani bosib o‘tadi. Ammo kasallik avjiga chiqib, og‘riq seza boshlaydi. Ammo shunga qaramay yugurishda davom etadi.

U marafonni yakunlay olmadi. Saraton eng yuqori darajaga chiqadi va u 1980 yilning 1 sentabr kuni barini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. U yugurishni Tander-Bey shahrida yakunladi. 143 kunlik tanaffussiz yugurishda 5 373 km. masofani yugurib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, Nyufaundlend, Yangi Shotlandiya, Prints Eduard, Nyu-Bransuik, Kvebek va Ontario provinsiyalarini bosib o‘tadi. Oradan o‘n oy o‘tib, 23 yoshga to‘lmagan Terri olamdan o‘tadi.

1981 yilda 24 million dollar mablag‘ yig‘iladi. Ammo eng muhimi u butun jamoatchilikni e'tiborini o‘ziga tortishga muvaffaq bo‘ladi. Bugungi kunda Kanada va dunyoning 50 dan ortiq davlatida har yili Terri Foks nomi bilan marafon o‘tkaziladi. Undan tushgan mablag‘lar onkologik kasalliklarni o‘rganish tadqiqotlariga sarflanadi.

Terry Fox Run yakka o‘zi kampaniya tashkillashtirib eng ko‘p mablag‘ yiqqan odam sifatida “Gennisning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. Hozir uning nomidagi fondda 360 mln. dollar mablag‘ yig‘ilgan.