Sport | 08:24 / 18.04.2016
2152
2 daqiqa o‘qiladi

Vardi hakamni haqoratlagani uchun qo‘shimcha diskvalifikatsiya bilan jazolanishi mumkin

«Lester»ning APL 34-turida «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib maydonni tark etgan hujumchisi Jyeymi Vardi keyingi turda «Suonsi»ga qarshi kechadigan o‘yinni avtomatik diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

Shu bilan birgalikda, ushbu 29-yoshli hujumchi sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari tufayli qo‘shimcha diskvalifikatsiya bilan jazolanishi mumkin, u o‘zini simulyatsiya uchun maydondan chetlatgan hakam Jonatan Mossni haqoratlagan.

Vardi hakamni nohaqlikda ayblagan va uning yuziga o‘rta barmog‘ini niqtagan hamda uning sha'niga yomon so‘zlar aytgan. Agar Moss o‘yin raportiga Angliya terma jamoasi hujumchisining bu harakatini kiritsa, Angliya futbol assotsiatsiyasi Vardiga jazo qo‘llaydi.

Vardi «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda hisobni ochuvchi gol muallifi bo‘lgandi. U APLning 34ta uchrashuvida urgan gollari soni 22taga yetgan va u to‘purarlar ro‘yxatida Harri Keyn («Tottenhem» hujumchisi) bilan bir xil natija ko‘rsatib turibdi.

APL, 34-tur. «Lester» «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotdi