O‘zbekiston | 20:42 / 19.04.2016
2017
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Tehronga doimiy yuk parvozlari yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qildi

2016 yilning 29 aprelidan boshlab, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Korean Eyr” bilan hamkorlikda Eron poytaxti Tehron shahriga doimiy parvozlarni amalga oshiradi. Parvozlar Tehrondagi Imom Xomeyniy nomli aeroportga haftada ikki kun — dushanba va juma kunlari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Boing-767-300BCF yuk samolyotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bu tarmoqning ishga tushishi “Navoiy” xalqaro aeroporti uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Bugungi kunda ushbu aeroportdan Frankfurt, Vena, Milan, Saragosa, Tel-Aviv, Dubay, Dehli, Mumbay va Seulga yuk parvozlari amalga oshirib kelinmoqda.