"Betxoven" va "Uyda yolg‘iz" filmlarining rejissyori vafot etdi
AQShda 73 yoshida "Betxoven 2", "Uyda yolg‘iz" va "K-9: It ishi" kabi filmlarni suratga olgan rejissyor Rod Deniel vafot etdi. Bu haqida The Hollywood Reporter nashri xabar berdi.
Rejissyor 16 aprel kuni o‘zining Chikagodagi (Illinoys shtati) uyida hayotdan ko‘z yumdi.
Rod Deniel 1942 yilda Neshvill (Tennesi shtati) shahrida tug‘ilgan. Kinodagi faoliyatini u 1962 yilda "Virjiniyaliklar" filmida aktyor sifatida boshlagan. Shundan so‘ng u "Tsintsinnati radiosi" (1981), "Xususiy detektiv Magnum" (1982), "O‘rdaklar fabrikasi" (1984) seriallari ustida ishlagan. Uning to‘liq metrajli ilk rejissyorlik ishi "Bo‘rivachcha" (1985) kartinasi bo‘lib, unda bosh rolni Makl Jyey Foks ijro etgan.
Rod Deniel juda ko‘p filmlar va seriallarni suratga olgan, ularning orasida "Otasi qanday bo‘lsa, o‘g‘li ham shunday" (1987), "K-9: It ishi" (1989), "Betxoven 2" (1993), "Hamma Raymondni sevadi" (1996-2005) kabilar bor.
Uning so‘nggi filmi 2002 yilda chiqqan "Uyda yolg‘iz 4" filmi bo‘ldi.