Fan-texnika | 21:34 / 20.04.2016
3633
2 daqiqa o‘qiladi

Urban - yuk tashuvchi samokat

Ko‘chada yurganimizda hech kimni samokat yoki velosipedda ko‘rmaymiz. Lekin ular xaridlar qilganimizda, qutilar, uy hayvonlari, gullar va boshqa ko‘plab buyumlarni tashishda yaqindan yordam beradi. Samokatlarning yuk tashuvchi modellari kamdan-kam uchraydi. Shu sababli, kaliforniyalik ishlab chiqaruvchi Nimble Scooters kompaniyasi bu yetishmovchilikni bartaraf etish uchun Urban nomli shahar samokatini namoyish etdi. Unda 30x30 sm maydonli yuk uchun maxsus joy ajratilgan.

Hozircha faqat IndieGoGo orqali ishlab chiqarilgan uchish qurilmasining og‘irligi 13.6 kilogramni tashkil etib, u avtomobil yukxonasi, poyezd, avtobus, idora yoki uyda bemalol olib yurishga mo‘ljallangan taxlanuvchi dizaynga ega. Samokat ko‘p joyni egallamaydi. Odatiy holatda uning uzunligi 132 sm, bukilgan holatda esa - 86 smni tashkil qiladi.

Uning yuklar uchun qurilgan platformasi 23 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikni ko‘tara oladi. Rul qismidagi tirgakda yukni ishonchli mahkamlash va bog‘lash uchun maxsus arqonlar joylashtirilgan. Nimble Urban samokatining uch turdagi modifikatsiyasi taqdim etilgan. Asosiy model 149 dollar qiymatida baholangan. Velosipedli tirgak va tekis ustundan iborat samokat narxi esa 229 dollarni tashkil etadi. 279 dollarga esa savatcha va tekis ustunli ko‘rinishdagisini sotib olish mumkin.

Nimble Urban Scooter from Nimble Scooters on Vimeo.

Nimble Urban and friends from Nimble Scooters on Vimeo.