Sport | 21:43 / 21.04.2016
1838
1 daqiqa o‘qiladi
«Everton»ning sobiq futbolchisi: «Funesning «Liverpul»ga qarshi o‘yindagi harakati jazosiz qolmasligi kerak»
«Everton» jamoasining sobiq futbolchisi Piter Rid jamoaning yosh himoyachisi Ramiro Funesning Angliya chempionati doirasida «Liverpul»ga qarshi bahsda amalga oshirgan harakatiga munosabat bildirdi.
Funes bu o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshlangan vaqtda «Liverpul»ning belgiyalik hujumchisi Divok Orijiga butsasining ostki qismi bilan zarba berdi. Natijada, jabrlanuvchi zambilda maydonni tark etdi, qoidabuzarni esa o‘yin hakami maydondan haydadi.
«Bu juda yomon harakat. Bunday ish uchun futbolchi jazosiz qolmasligi kerak. Funes o‘z qilmishi haqida yaxshilab o‘ylab olishi, bunday harakatlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilishi kerak. Bu juda xunuk epizod edi, umid qilamanki, Divok Orijiga jiddiy jarohat yetmagan», – deydi Rid.