"Aqlli" soatlarda Counter-Strike o‘ynab ko‘rildi
Taniqli videobloger Deyv Bennett o‘zining YouTube-kanaliga 1.6 Android Wear “aqlli” soatida Counter-Strike 1.6 jamoaviy otishma o‘yinini o‘ynayotgani aks ettirilgan videoni joyladi.
Bloger rolik orqali soatda o‘yinni ishga tushirish sxemasini batafsil yoritib bergan. Shuningdek, u qurilma internetga ulanmaganligi bois faqat botlar bilan o‘ynash rejimidan foydalanish mumkinligini ham qayd etgan. Bundan tashqari, Bennett o‘zining saytida Android’da o‘yinlarni ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar joylashtirdi.
Rolikda shuni ko‘rish mumkinki, “aqlli” soatlarda o‘yin o‘ynash — boshqaruv tugmalari butun ekranni egallab olganligi sababli noqulay va g‘ayrioddiy mashg‘ulot. Bundan tashqari, bloger boshqaruvni avval o‘zi xabar bergan “aqlli” soatlardagi Half-Life o‘yini bilan ham solishtirib ko‘rgan.