Jamiyat | 16:24 / 26.04.2016
4110
2 daqiqa o‘qiladi

Otasidan arazlagan 4 yashar qizcha Afrikaga otlandi...

Otasi 4 yashar qizchasi Danielaning qanday qilib Afrikaga ketmoqchi bo‘layotgani tasvirga olib, uni Youtube'dagi sahifasiga joylashtirdi. Mazkur videorolik 5 kun davomida 2,5 mln. marta ko‘rilib, 450 ming “layk”, 14,5 ming izoh to‘pladi. 40 ming kishi esa ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida ushbu videorolik bilan bo‘lishgan.

Vidoyeolikda otasidan arazlagan qizaloq Afrikaga borib, mahalliy bolalar bilan och qolmoqchiligini aytadi. Sababini esa ota-onasi har doim unga dakki berishi bilan izohlaydi.

Kechki ovqatni chala qoldirib, ishbilarmonlarcha yo‘lga otlanarkan, “Bolalar och qolayotgan Afrikaga ketaman! Och, bechora bolalar... Chunki dadam meni har doim xafa qiladi” , – deb yig‘laydi “baxtsiz” qizcha.

Videorolikning oxirigacha kuzatish jarayonida shu ayon bo‘ldiki, qizaloqqa o‘zini yomon tutishi bois har doim ota-onasi dakki berib kelgan.

Otasi qizalog‘iga o‘zini yaxshi tutishi kerakligini bosiqlik bilan taklif qilganida: “Yo‘q! Istamayman! Men Afrikaga borib, u yerda bolalarning qanay och qolishini ko‘rmoqchiman. Men ham ular kabi suvsiz, och qolaman!”, deydi Daniela bolalarcha o‘jarlik bilan.

Avvaliga otasining uni Afrikaga kuzatib qo‘yishiga umid qilgan Daniela, rad javobidan so‘ng bir zumda otasining ko‘ngliga yo‘l topish chorasini topadi.

Qizaloq arazlab, kiyinarkan, “Menga bunaqa ota-ona kerakmas... kerakmas. Hamma bolalarning ota-onasi yomon”, – deydi.

Kutilmaganda esa qarori o‘zgargan qizaloq uni ayiqlar yeyishi uchun Laplandiyaga otlanadi!

Shunday qilib 4 yasharlik Daniela ota-onasini shu tarzda qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘ladi!