Jamiyat | 21:04 / 27.04.2016
2946
1 daqiqa o‘qiladi

Kann festivali mehmonlari aksilterror amaliyot simulyatsiyasidan cho‘chib ketishdi

Kann kinofestivalida terroristik hujumlarni qaytarish bo‘yicha mashqlar aks ettirilgan video tadbir mehmonlarining g‘azabini keltirdi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Qayd etilishicha, mashqlar 21 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda politsiya xodimlari va tez yordam shifokorlari ishtirok etgan. Mashqlar jarayonida soxta terrorchilar Kann festivalining marosimlar va kongress zalini bosib olishadi.

Ma'lum bo‘lishicha, 11-22 may kunlari o‘tkaziladigan festivalga tashrif buyuruvchi insonlar mazkur videoni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qabul qilishmagan.

Festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlardan biri rolik joylashtirilmagunga qadar bu kabi vaziyatlar sodir bo‘lish ehtimoli haqida o‘ylab ko‘rmaganligini ta'kidladi.

Kann shahri meri Devid Lisnardning qayd etishicha, mazkur mashg‘ulot real hayotda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujumlarga tayyor turishda yordam beradi.