Iqtisodiyot | 01:18 / 29.04.2016
4387
1 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg 2 soat ichida 4,3 mlrd dollarga boyidi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerberg NASDAQ elektron birjasida savdo ochilgandan keyin ikki soat ichida o‘zining boyligini 4,3 mlrd dollarga oshirib oldi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.

Ayni vaqtda Tsukerberg dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida 6-o‘rinni egallamoqda. Uning boyligi 51,8 mlrd dollarga baholanmoqda.

Facebook aksiyalari kompaniya 1-chorak bo‘yicha natijalarni e'lon qilgandan keyin 10 foizga oshib ketdi. Kompaniya daromadlari tahlilchilar kutgandan ziyodroq bo‘ldi. Kompaniyaning sof daromadi bir yil davomida uch barobarga, ya'ni 1,5 mlrd dollargacha, tushumi esa 5,2 mlrd dollargacha oshgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq o‘zining faol foydalanuvchilari sonini 15 foizga oshirib, ular sonini 1,65 mlrd kishiga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi.